Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

🏘 Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov 16-“Ko‘chkak” saylov okrugidan saylangan deputat B.Qodirov bilan birgalikda Ko‘chkak mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati bilan tanishdi.

📋 O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

💼 Shuningdek, xonadonbay ishlash, yangi tadbirkorlik loyihalarini shakllantirish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish choralari muhokama qilindi.

🤝 O‘rganish yakunida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

📌 Maqsad — mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va har bir xonadonning daromadini oshirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish.

Slide 1 of 4