Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati faoliyatidan

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati faoliyatidan

Joriy yilning 2-aprel kuni Kamoliddin Rahimov nomidagi 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Turkiya, Ruminiya va Qirg‘iziston davlatlaridan tashrif buyurgan san’at va madaniyat vakillari mehmon bo‘ldi.

Mazkur tashrifda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi 26-Davlatobod saylov okrugi deputati Gaffarova Shoira Shavkatovna ham ishtirok etib, mehmonlar bilan birgalikda maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida qardosh xalqlar o‘rtasida madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida kelgusida qo‘shma festival, konsert dasturlari, mahorat darslari hamda ilmiy-pedagogik kechalar tashkil etishga kelishib olindi.

🤝 Mazkur hamkorlik madaniyat va san’at sohasida tajriba almashish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3