Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgiland

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Bugungi kunda davlat boshqaruvida aholining dardini eshitish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli yechim topish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki xalq bilan bevosita muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni ochiq muhokama etish orqali boshqaruv tizimining samaradorligi oshadi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi. Shu bois aholi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish masalasi ijtimoiy adolat hamda ochiq siyosatning muhim mezoniga aylangan.

Namangan shahar hokimligi tomonidan aholi murojaatlarini manzilli hal etish maqsadida doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi sayyor qabul “Guzar” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov 38 nafar fuqaroning murojaatini shaxsan qabul qilib, ularning muammo va takliflarini atroflicha tingladi.

Murojaatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, 19 nafardan ziyod fuqarolarning masalasi joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat yakuniy natijaga qaratilgan holda ko‘rib chiqildi, fuqarolarning ijtimoiy masalalarini tezkor va samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hokimlik tomonidan aholining muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va ularni tizimli ravishda bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

🟦🟦🟦🟦 

Slide 1 of 6