#162_ta_Qonun_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #deputat_faoliyati
«YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASI» SARI
Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q. Igamberdiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimovga biriktirilgan «Do‘stlik» mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chalar va xonadonlar atrofida tozalikni ta’minlash, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram