Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o'rganish olib borildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi
«Zarobod» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #deputat_faoliyati #nazorat_tahlil #deputat_faoliyati

«Zarobod» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati D. Rajabova tomonidan xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K. Muhammadiyevga biriktirilgan «Zarobod» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallaning Ibratli ko‘chasida hududni obodonlashtirish va ko‘chani tartibga keltirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, beton ariqlarning o‘rnatilishi hamda ko‘cha yo‘lini tekislash ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, mazkur ishlarning ko‘cha va hudud ko‘rinishini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» tamoyillariga mos muhitni shakllantirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududni yanada obodlashtirish, mavjud ishlarni sifatli davom ettirish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4