Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o'rganish olib borildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi
«Tinchlik» mahallasida hududni rivojlantirish ishlari o‘rganildi

#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

«Tinchlik» mahallasida hududni rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashevning saylov okrugidagi «Tinchlik» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish va mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha mahalla raisi bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada hududni rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla idorasini yangidan qurish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va mavjud holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududni yanada obod qilish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4