Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
HOKIM YORDAMCHISI KO‘MAGIDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA

 HOKIM YORDAMCHISI KO‘MAGIDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Oripova, Kengash huzuridagi
Yoshlar maslahat guruhi rahbari J.Abdurashidov hamda tuman Kengashi kotibiyati
bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Bahor mahallasida hokim yordamchisining
aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish
o‘rinlari yaratish borasidagi faoliyati o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining ko‘magi bilan shirin pishiriqlar
va tort mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’ekti
faoliyati tahlil qilindi. Xususan, ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan
shart-sharoitlar, mahsulot tayyorlash quvvati hamda ishlab chiqarish hajmini
yanada kengaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
 

E’tiborli jihati, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish natijasida
sentyabr oyida kam ta’minlangan ikki oila a’zosi doimiy ish bilan ta’minlangan.
 

Bu kabi amaliy tashabbuslar mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilalar
daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.
 

O‘rganish davomida aniqlangan masala “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga
kiritilib, ijrosi deputat nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 2