Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

PAXTAKOR MAHALLASI — OBOD VA FAROVON HUDUDGA AYLANADI

✅Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Paxtakor" mahallasida 3,5 km kollektor hamda 2,5 km ariq va zovur tarmoqlari tartibga keltirilmoqda

✅Bandixon tumanida “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” tamoyilini amaliyotga tatbiq etish, aholi punktlarining sanitariya va meliorativ holatini yaxshilash hamda irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✅Xususan, "Paxtakor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida suv resurslaridan unumli foydalanish hamda sizot suvlarini qochirish maqsadida 3,5 km uzunlikdagi kollektor tarmog‘i hamda 2 km beton ariqlar tozalanib, tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, 500 metr ichki ariq qismlarini to‘liq betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

✅Olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish jarayonlarini Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi A.Allamuradov joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

✅Tashrif davomida mas’ul pudratchi va irrigatsiya xizmati xodimlariga ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash, mahallaning infratuzilmaviy qiyofasini va aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli vazifalar topshirildi.

Slide 1 of 9