Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot

O‘rganish davomida Chorchinor mahallasida aniqlangan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar ham deputatlik nazoratidan chetda qolmadi. Xususan, Firdavsiy va Bozor ko‘chalaridagi elektr tayanchlari bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqib o‘rganilgach, mazkur murojaatlarni hal etish bo‘yicha ishlar deputat B.Obidovga biriktirilgan tashkilot — Shahar elektr tarmoqlari korxonasida davom ettirildi.

Korxona mutaxassislari bilan o‘tkazilgan muhokamada mahallada aniqlangan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish, zarur texnik choralarni belgilash va ijrosini nazoratga olish yuzasidan mutaxassis B.Xamdamovga tegishli fikr va takliflar bildirildi.

Mazkur yondashuv orqali aholidan kelib tushgan murojaatni faqat qayd etish bilan cheklanmasdan, uni mahallada o‘rganish — mas’ul tashkilotga olib chiqish — yechimini nazorat qilish tamoyili asosida ko‘rib chiqishga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 7