Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA

«Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 21-bandi ijrosini ta’minlash, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini, ayniqsa, qizil va sariq toifadagi hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Xalq demokratik partiyasi a’zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Charx Kamolon-3 mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Joriy yil boshidan buyon mahalla hududida 3 ta o‘g‘rilik jinoyati sodir etilgani qayd etilgan bo‘lib, mazkur holatlar jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Hududdagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish va jinoyatchilik dinamikasini o‘rganish;

O‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olish hamda ularni sodir etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish;

Qizil va sariq toifadagi hududlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish;

Ichki ishlar organlari, mahalla faollari va profilaktika inspektori hamkorligini kuchaytirish;

Jamoat joylarida xavfsizlik choralarini takomillashtirish va fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish.

Shuningdek, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4