Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
14-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️14-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov hamda Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov boshchiligida Uchtepa tumani Y. Sakkokiy mahallasidagi 14-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

🔺 Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat G‘iyosovich Usmonov, jamg‘armaning Uchtepa tumani bo‘limi raisi Z. Asatov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, mehnat faxriylari, mahalla raislari, maktab rahbariyati, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

💡 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodlar o‘rtasidagi vorislilikni mustahkamlash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasi va ibratli o‘gitlarini yoshlarga yetkazish, o‘quvchilarni ilm-ma’rifat, vatanparvarlik va yuksak maqsadlar ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

📋 Tadbirda yoshlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Akbarali Abduhakimov o‘quvchilar bilan uchrashib, sportdagi faoliyati, erishgan yutuqlari va muvaffaqiyatga eltuvchi izlanish hamda intizomning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. Uning hayotiy tajribasi va tavsiyalari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🔎 Uchrashuv davomida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va ta’limga keng jalb qilish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda maktabdagi sport sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

📉 Maktab o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar va ijro etilgan mumtoz kuylar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida o‘quvchilar uchrashuvdan muhim xulosalar chiqarganliklarini, nuroniylarning hayotiy tajribasi va ibratli o‘gitlari ular uchun katta saboq bo‘lganini ta’kidladilar.

✅ Mazkur uchrashuv keksa avlodning boy tajribasi, o‘rta avlodning bunyodkorlik salohiyati va yoshlarning shijoatini birlashtirib, o‘quvchilar qalbida Vatanga muhabbat, ilmga intilish hamda yuksak marralarni zabt etishga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9