Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
MAKTABDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan 2026-yil 7-iyuldagi III-22-60-14-204-K/26-sonli qaror bilan Chilonzor tumani hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi mablag‘laridan inklyuziv ta’lim sinflarini tashkil etish, ta’lim muassasalarini to‘siqsiz muhitga moslashtirish hamda zarur jihozlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish va mazkur qaror ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish masalalari doirasida 178-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida bolalar xonalarining sanitariya-gigiyena holati, jihozlanishi, xavfsiz va qulay muhit yaratilgani, harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘laklar hamda bolalarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi o‘yin va mashg‘ulot vositalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, binoda bolalar xavfsizligini ta’minlash, xonalarning yoritilishi, isitish tizimi va yong‘in xavfsizligi talablari holatiga e’tibor qaratildi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3