Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Bog‘bonlar yurti» mahallasidagi 19-sonli MTTda o‘rganish olib borildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida profilaktik o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot

Sessiya kun tartibidagi masala hamda deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q. Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov Qiziriq tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasida bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida muassasa faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida muassasaning faoliyat yo‘nalishlari, suv resurslaridan samarali foydalanish, iste’molchilarga suv yetkazib berish hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mavjud holat, muammoli masalalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tumanda 2026–2027-yillar nosug‘orish davri (oktabr–mart) uchun tuman chegarasidan olinadigan iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar, hisob-kitoblar va asoslovchi hujjatlar o‘rganildi.

Mazkur masala doirasida iste’molchilar kesimida suv olish limitlarini belgilash, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda nosug‘orish davrida suv ta’minotini tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha sessiya kun tartibidagi masalani puxta va asoslangan holda tayyorlash, shuningdek, deputatga biriktirilgan tashkilot faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik faoliyati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3