Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Nanay” mahallasida joylashgan 14-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, tibbiy ko‘rik va davolash jarayonlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi. Poliklinikada tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida “D-Med” axborot tizimi ishlayotgani aniqlandi. Shuningdek, bemorlarga dori vositalarini elektron tarzda tayinlash imkonini beruvchi elektron retsept tizimi ham amaliyotga joriy etilgan va ishlamoqda.

🔻Mazkur tizimlarning ishlashi tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, bemorlarga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, shifokor tomonidan dori vositalarini tayinlash jarayonini tartibga solish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanish holati to‘liq emasligi aniqlandi. Bu esa belgilangan tartibda bepul dori olishi lozim bo‘lgan fuqarolarni zarur dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi.

🔻Deputat tomonidan mavjud dori vositalari zaxirasini muntazam tahlil qilib borish, ehtiyojdan kelib chiqqan holda zarur dori vositalarini o‘z vaqtida shakllantirish va aholiga bepul beriladigan dorilar ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5