Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Umumta’lim maktabida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Abdujamilovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Burchmullo” mahallasida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari, mavjud sport anjomlari va sport maydonlarining holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maktabda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asosiy sport jihozlari mavjudligi aniqlandi. Mavjud anjomlar o‘quvchilarning turli sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishi uchun yetarli bo‘lib, ulardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, ayrim sport jihozlari uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgani sababli biroz eskirgani qayd etildi. Ularni bosqichma-bosqich yangilash, zamonaviy sport anjomlari bilan boyitish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

🔺Maktabda sport zali mavjud bo‘lib, unda o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya darslari hamda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Sport zalidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda samarali foydalanish muhimligiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, maktab hududidagi futbol maydoni holati ham ko‘zdan kechirildi. Mavjud maydonni yanada obodonlashtirish va o‘quvchilar uchun qulay sport muhitini yaratish maqsadida futbol maydoniga chim yotqizish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

🔺Deputat o‘rganish yakunida maktab ma’muriyati bilan sport inshootlaridan samarali foydalanish, mavjud jihozlarni asrab-avaylash, eskirgan sport anjomlarini bosqichma-bosqich yangilash hamda futbol maydonini belgilangan reja asosida tartibga keltirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Slide 1 of 5