Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
“ZARAFSHON” MAHALLASIDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI

 “ZARAFSHON” MAHALLASIDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI

📅 21-sentabr kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidantomonidan “Zarafshon” mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi obodonlashtirish, infratuzilma va hududni tartibga keltirish bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.
🔹 mahalla hududidagi qurigan daraxtlarni olib tashlash;
🔹 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi qurigan daraxtlarni bartaraf etish;
🔹 Spetamin ko‘chasi 14-uy orqa qismida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
🔹 mahalla atrofidagi ko‘chalarni tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlash;
🔹 piyodalar yo‘laklarini asfaltlash va boshqa infratuzilma masalalari.

📌 Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ularning ijrosini deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borish belgilandi.

⚖️ Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida deputatlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Slide 1 of 3