Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o'rganish olib borildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Limonzor" mahallasida Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yuksaltirish, ijtimoiy himoya tizimining mahalladagi faoliyatini tahlil qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 17-"Limonzor" saylov okrugi deputati S.Shaydilovga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Limonzor" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, Ijtimoiy xodimning faoliyati hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.

Monitoring jarayonida kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida qanoatlantirish va davlat tomonidan berilayotgan yordamlarning manzilliligi atroflicha tahlil qilindi.

Tashrif yakunida ehtiyojmand xonadonlarni aniqlashda tahliliy yondashuvni kuchaytirish, imkoniyati cheklangan fuqarolar bandligiga ko‘maklashish hamda sohaviy vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan ijtimoiy xodimga tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3