Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
“Sobir Abdulla” mahallasida xavfsizlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, mahallaga kirish va chiqish nuqtalaridagi videokuzatuv kameralari, ularning uzluksiz ishlashi hamda hududni qamrab olish darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish hamda mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3