Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Hayot saboqlari — yoshlarga ibrat

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining faxriy deputati, Chilonzor tumanining faol nuroniysi Mutalov Omonulla Nigmatullayevich tumanda o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘zining boy hayotiy tajribasi va ibratli o‘gitlari bilan yoshlar bilan samimiy muloqot qilib kelmoqda.
Kuni kecha Chilonzor tumanidagi 114-sonli umumta’lim maktabida o‘ziga xos ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O. Mutalov yoshlar bilan uchrashib, o‘zining hayot yo‘li, ko‘p yillik mehnat faoliyati, kasbiy tajribasi va hayotda orttirgan saboqlari haqida so‘zlab berdi.
Samimiy muloqot davomida nuroniy deputat yoshlarni ilm olishga, kasb-hunar egallashga, Vatanga sadoqatli va jamiyatga foydali inson bo‘lib kamol topishga chorladi. Ayniqsa, inson hayotida mehnatsevarlik, halollik, sabr-toqat va kattalarning duosini olish kabi qadriyatlarning muhim ahamiyatini hayotiy misollar orqali tushuntirdi.
Bunday uchrashuvlar yosh avlod uchun nafaqat ma’naviy saboq, balki hayotda to‘g‘ri maqsad belgilash, katta hayotga tayyorgarlik ko‘rish va nuroniylar tajribasidan ibrat olish uchun muhim maktab vazifasini o‘taydi.

Slide 1 of 3