Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Bimurzayev tomonidan tumanning “Qoramanas” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi U.Akimov amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida yoshlar yetakchisining faoliyati, mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularni ijtimoiy faollikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

🔻Jumladan, yoshlarni sport, madaniyat va san’at, kitobxonlik, ta’lim hamda turli intellektual tadbirlarga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishini ta’minlash va foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

🔻Shuningdek, mahalladagi yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni toifalar kesimida qamrab olish, ayniqsa, ishsiz, ta’limdan tashqarida qolgan yoshlar bilan manzilli ishlash holati ko‘rib chiqildi.

🔻O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mahalladagi ijtimoiy hayotga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1