Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
ICHKI YO‘LLARNI SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

 ICHKI YO‘LLARNI SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Dadajonov, Kengash
huzuridagi yoshlar maslaxat guruhi rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi M.To‘xtasinovlar tomonidan Soykeldi mahalla fuqarolar yig‘inida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son
qarori ijrosi doirasida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida ichki yo‘llarda olib borilayotgan shag‘allashtirish
ishlarining borishi, yo‘l qoplamasiga shag‘al yotqizish sifati, shag‘alning
belgilangan me’yorlar asosida to‘shalishi hamda ishlarning belgilangan tartibda
amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.
 

Mas’ullarga shag‘allashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli
yakunlash, foydalanilayotgan materiallardan samarali foydalanish hamda ichki
yo‘llarning foydalanishga yaroqli va xavfsiz holatini ta’minlash bo‘yicha
tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
 

O‘rganish davomida aniqlangan kamchilik va muammolar “Deputatning ko‘cha
o‘rganish daftari”ga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli
choralar ko‘rilishi deputat nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5