Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
#biriktirilgan_tashkilot

✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N. Baxriyev, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov hamda tuman ijtimoiy himoya bo‘limi xodimi ishtirokida Navbahor mahallasida istiqomat qiluvchi Samadova Xilola Abdusalomovnaning xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
Mazkur loyiha doirasida xonadonni ta’mirlash uchun 60 mln 958 ming so‘m mablag‘ ajratilgan. O‘rganish davomida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining holati va sifati ko‘zdan kechirildi.
✔️Shuningdek, xonadonga o‘rnatilgan quyosh panelini elektr tarmog‘iga ulash masalasida kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi. Bundan tashqari, xonadondagi hammom kanalizatsiyasi hali to‘liq yakunlanmagani sababli fuqaroning yashash sharoitida ayrim noqulayliklar yuzaga kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
✔️Aniqlangan muammolar yuzasidan quruvchi bilan joyida suhbatlashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Jumladan, 2 kun muddat ichida barcha masalalarni hal etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish vazifasi belgilab olindi.

Slide 1 of 1