Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi

📍 Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi

🏘 Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-Qishliq saylov okrugi deputati S.Abirova tomonidan Qishliq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, hududni obodonlashtirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🚶‍♀️ O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mahalla hududida uyma-uy yurib, xonadonlar holati bilan tanishildi. Aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularning kundalik turmushida uchrayotgan muammolar, ehtiyoj va takliflari tinglandi.

🏡 Shuningdek, xonadonlarda yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holati, yolg‘iz keksalar, ehtiyojmand fuqarolar va boshqa ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🛣 Mahalla hududidagi ichki yo‘llar, obodonlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati, kommunal xizmatlar va aholi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma obyektlarining holati ham joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🗣 Ochiq muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar batafsil o‘rganilib, ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Joyida hal etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni talab etadigan murojaatlarni esa nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

📋 Deputatlik nazorati doirasida o‘tkazilayotgan bunday o‘rganishlar, avvalo, aholini qiynayotgan masalalarni bevosita xonadonlar kesimida aniqlash, muammolarning sabablarini o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga qaratilgan.

🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardi va takliflarini eshitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi mavjud muammolarni tizimli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.