Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
QAROR IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlar faoliyatining samaradorligini oshirish hamda hududlarda qabul qilingan qarorlar ijrosini bevosita joyida o‘rganish maqsadida 24 ta muhim tavsiya asosida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida 6-Xo‘japorso saylov okrugi hududidagi Xo‘japorso ko‘chasida olib borildi.

Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, shahar mahalliy budjeti hisobidan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari uchun 4,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘larning belgilangan manzillar bo‘yicha maqsadli sarflanishi, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi deputatlar tomonidan nazorat qilinmoqda.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida Xo‘japorso ko‘chasida amalga oshirilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlarining amaldagi holati, bajarilgan ishlarning sifati hamda tasdiqlangan manzilli reja ijrosi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qabul qilingan Kengash qarorlarining qog‘ozdagi ijrosi bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaldagi natijasini joyiga chiqib o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 10