Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o'rganish olib borildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi
PAXTAKOR MAHALLASIDA UCHTA KO‘CHAGA ASFALT YOTQIZILADI

 PAXTAKOR MAHALLASIDA UCHTA KO‘CHAGA ASFALT YOTQIZILADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida mablag‘lar yo‘naltirildi.
📍 Paxtakor MFY hududidagi Masud Shayxzoda, Imkoniyat va Xonqa ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizish uchun jami 1 milliard 647 million 720 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
💰 Mazkur mablag‘ Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
🏗 Loyiha doirasidagi ishlar loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Tegishli tartibda tender jarayonlari o‘tkazilib, yo‘l ta’mirlash ishlari tashkil etiladi.
✅ Mazkur ishlar natijasida Paxtakor mahallasidagi ichki yo‘llarning holati yaxshilanib, aholining transport va piyoda harakatlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.
Obod mahalla — sifatli yo‘l — farovon hayot!