Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
“G‘ishtli masjid” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehkanov tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar xonadonlarida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Zarbhona ko‘chasi 39-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro G.Abduxamidovaning holidan xabar olindi.

Tashrif davomida fuqaro bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, uning yashash sharoiti, ijtimoiy va oilaviy holati, mavjud ehtiyojlari hamda muammolari bilan yaqindan tanishildi. Muloqot jarayonida fuqaroning murojaatlari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

Jumladan, fuqaroning farzandi R.Aliyevani maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish hamda farzandi J.Qambarovga davolanish uchun bepul order-yo‘llanma ajratish masalalari yuzasidan tegishli tartibda amaliy choralar ko‘rish zarurligi muhokama qilindi.

️Shuningdek, fuqaroning ijtimoiy holatini yaxshilash, mavjud imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanishini ta’minlash hamda zarur hollarda mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3