Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
"Shifokor" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun doirasida yoshlar masalalari muhokama qilindi!


Termiz shahrida yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtidori hamda intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘lib, mahalla Yoshlar yetakchisi hamda Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi A.G‘afforov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida yoshlar masalasi muhokama qilindi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar tahlil qilindi:
• Bandlik va "Yoshlar daftari": Mahalladagi ishsiz yoshlar ro‘yxati, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, zamonaviy kasb-hunar va IT-sohalarga o‘qitish;
• Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: O‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishining manzilliligi;
• Bo‘sh vaqt va "Besh tashabbus": "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport, madaniyat va intellektual loyihalar qamrovini kengaytirish;
• Manzilli ko‘mak: Ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj hamda "og‘ir" toifadagi yoshlar bilan individual ishlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi.
"Kengash huzuridagi 'Yoshlar maslahat' guruhi, deputatlar hamda mahalla yoshlar yetakchisining hamkorligi — har bir yoshning muammosiga tezkor yechim topish garovidir!"
Yig‘ilish yakunida O‘RQ-406-sonli Qonun talablarini mahalla darajasida yanada samarali va natijador tashkil etish, yoshlar murojaatlarini adolatli ko‘rib chiqish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.