35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Zarbdor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktab filialining holati o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida ko'chama ko'cha muommolar o'rganildi
"Yangi hayot" mahallasida o'rganish olib borildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_ta_Qonun
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #KQ_35_ijrosi

"Yangi hayot" mahallasida o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 5-“Yangiobod” saylov okrugidan saylangan deputat B. Bo‘tayevaning saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi doirasida mahalladagi mavjud holat, aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisining faoliyati, jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan manzilli ishlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham tegishli o‘rganish ishlari olib borildi. Savolnomada belgilangan mezonlar asosida mahallada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim olishi, bandligi, kasb-hunar egallashi va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mahalla va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2