#kunlik_ish_reja_ijrosi #murojaatlar_daftari
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
“Karmaki” mahallasida ko'chama ko'cha muommolar o'rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 21-“Karmaki” saylov okrugidan saylangan deputat B. Mo‘minovning saylov okrugidagi “Karmaki” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev mahalla raisi va ko‘chaboshilar bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurib, hududdagi mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallaning “Yoshlik” ko‘chasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo aniqlanib, mazkur murojaat tegishli tartibda “Murojaatlar daftari”ga qayd etildi.
Shuningdek, aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish, murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini ta’minlash bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram