35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Zarbdor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktab filialining holati o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida ko'chama ko'cha muommolar o'rganildi
YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Beshkappa” MFYda joylashgan 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar va yoshlar uchun yaratilgan sport sharoitlari jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida deputat maktab direktori hamda “mahalla yettiligi” vakili — mahalla raisi bilan birgalikda maktab hududida joylashgan mini-futbol maydonining holatini ko‘zdan kechirdi. Jumladan,maydonning umumiy holati, qoplamasi, futbol darvozalari va boshqa mavjud sport jihozlarining foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.Shuningdek, mini-futbol maydonidan o‘quvchilar va mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.Maktab direktori tomonidan maydondan foydalanish tartibi, o‘quvchilar uchun tashkil etilayotgan sport mashg‘ulotlari va mavjud sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Mahalla raisi tomonidan esa mahalladagi yoshlarning sportga qiziqishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikrlar bildirildi.O‘rganish yakunida mini-futbol maydonidan samarali foydalanish, uning holatini muntazam nazorat qilib borish, mavjud sport jihozlarini asrab-avaylash hamda mahalla yoshlari va o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur o‘rganish deputat, ta’lim muassasasi va “mahalla yettiligi” vakillari hamkorligida hududdagi yoshlar uchun yaratilgan sport sharoitlarini baholash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilishini ta’minlash hamda masalalarni nazoratga olishga qaratildi.  

Slide 1 of 3