Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Qumqo‘rg‘on tumanida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari Q.Chorshanbiyev, D.Shoimqulova va R.Mengziyayevalar  tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, amaliyot jarayonida ishtirok etgan tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdilar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Jarrohlik amaliyoti davomida Th10–L2 qisman, Th11–Th12 to‘liq dekompressiv laminektomiya bajarildi.

Shuningdek, Th10–Th11 va L1–L2 darajalarida transpedikulyar fiksatsiya (TPF) tizimi yordamida umurtqa pog‘onasini stabilizatsiya qilish amaliyoti o‘tkazildi.

Mazkur murakkab jarrohlik amaliyoti Xolto‘rayev Xumoyun boshchiligidagi tajribali shifokorlar guruhi tomonidan amalga oshirildi.

Bunday murakkab amaliyotlarning tuman miqyosida muvaffaqiyatli bajarilayotgani aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Slide 1 of 6