Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangiobod» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
«Do‘stlik» mahallasida yangi tadbirkorlik loyihasi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangiobod mahallasidagi OShP faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi
Deputat so‘roviga O'zbekiston mahallalar uyushmasi Uchtepa tumani rahbari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi "Adolat" SDP guruhi a'zosi, "24-Shirin" saylov okrugi deputati Mustafayeva Shahnoza Ermuxammadovna tomonidan Uchtepa tumani Shirin mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida barpo etilgan futbol maydonining bugungi holati o‘rganilganda, sport inshootining qoplamasi hamda uni o‘rab turuvchi to‘siqlari ta’mirtalab holatga kelgani asosida chiqarilgan deputatlik so'rovi bo'yicha O'zbekiston mahallalar uyushmasi Uchtepa tumani bo‘limi boshlig‘i Laziz Yusupov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, Shirin mahallasidagi futbol maydonini texnik holati hamda kapital ta’mirlash choralarini ko‘rish bo‘yicha tuman hokimligining ma’sul xodimlari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ushbu futbol maydonchasining ta’mirlash ishlari Uchtepa Shirin BSK rahbari A.Tuygunovga yuklatilgani bildirilgan.

🗂 Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PQ- 402-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi  mablag‘lari hisobidan 3-chorak uchun belgilangan reja asosida Shirin mahallasi hududida tashkil etilgan 31-32-uylar oralig‘iga, 18-uy va 107-maktab oralig‘iga 2 ta PTZ  kamerasi o‘rnatilganligi sababli, hozirda jamg‘arma hisobida qoldiq mablag‘lar mavjud emasligi ma’lum qilingan.

📆 Mazkur futbol maydonini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari 2026-yil Davlat dasturiga kiritilmaganligi bois, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, mazkur masala Uchtepa tumani hokimligi tomonidan nazoratga olinib, bolalar maydonchasini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish ishlari 2027-yil Davlat dasturiga kiritish uchun rejalashtirilganligi bildirldi.

↗️ Mazkur loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag‘larini shakllantirish va moliyalashtirish masalalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish choralari ko‘rilishi belgilanganligi qayd etildi.

Slide 1 of 1