Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Kengash raisi va doimiy komissiyalar raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
40-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
⚡️ Deputat so‘rovining ijobiy natijasi
янв.21
«Zarbdor» mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyati
янв.21
Sport zalining qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#Kengash_raisi
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tibbiyot birlashmasida "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimida shaffoflikni ta’minlash va amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

Monitoring jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi № 265-I-sonli Qonuni talablarining ijro etilish holati atroflicha tahlil qilindi. Tashrif davomida bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, tibbiy uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi, dori-darmon vositalarining zaxirasi va ularning shaffof tarqatilishi hamda shifoxonada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar yakunida tuman Kengashi raisi tomonidan tibbiyot birlashmasi rahbariyati va soha mas’ullariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha tegishli amaliy vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1