35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Zarbdor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktab filialining holati o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida ko'chama ko'cha muommolar o'rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2026-yil 2-mavsumi yakunlari yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan 44 ta taklif ilgari surilgani, shundan 40 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgani hamda yakuniy natijalarga ko‘ra 3 ta loyiha g‘olib bo‘lgani aniqlandi.

🏆 G‘olib loyihalar:
▪️ Shirin shahar tibbiyot birlashmasi hududini zamonaviylashtirish;
▪️ Nurobod mahallasidagi futbol maydonini rekonstruksiya qilish;
▪️ Shirin shahar sport maktabiga sport zali qurish.
Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun 4 milliard 944 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, amaldagi tartibga muvofiq, keyingi o‘rindagi Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash loyihasini qo‘shimcha g‘olib sifatida qo‘llab-quvvatlash masalasi o‘rganildi.

Loyiha qiymati 824 million so‘mni tashkil etadi.
O‘rganish yakunida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga mablag‘ yo‘naltirish va mazkur loyihani qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish bo‘yicha tegishli takliflar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 1