35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Zarbdor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktab filialining holati o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida ko'chama ko'cha muommolar o'rganildi
Deputatlar aholi murojaatlarini joyiga chiqib, uyma-uy o‘rganmoqda.

Aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimini topishga ko‘maklashish — deputatlarning muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi vakili I. Matchanov, Po‘lat mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi A. Atabayev bilan hamkorlikda mahallada aholi xonadonlariga tashrif buyurib, fuqarolarning murojaat va muammolarini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish davomida fuqaro D.Sning davolanish masalasidagi murojaati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaat yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, o‘rganish yakuniga ko‘ra fuqaroning viloyat shifoxonasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi.
Bunday amaliy ishlar orqali deputatlar nafaqat fuqarolarning murojaatlarini tinglamoqda, balki muammoni xonadonning o‘zida o‘rganib, uning amaliy yechimiga ko‘maklashmoqda.
Aholi bilan bevosita muloqot, uyma-uy yurib murojaatlarni o‘rganish va muammolarni mas’ullar bilan birgalikda hal etish — xalq vakilligining amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 4