35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Zarbdor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktab filialining holati o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida ko'chama ko'cha muommolar o'rganildi
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan hudud — "Bo‘ston" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida hokim yordamchisi A. Ashurov tomonidan hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish,bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganishlar davomida 10 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangani, yil boshidan buyon esa 32 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilgani ma’lum bo‘ldi.Ajratilgan kreditlarning 10 nafari xotin-qizlarga yo‘naltirilgani alohida qayd etildi. Jumladan,4 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik uchun kredit, 6 nafar fuqaroga “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 17 mln so‘mdan kredit hamda 8 nafar fuqaroga 50 mln so‘mdan kredit ajratilgan.Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligini oshirish va ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish holatini doimiy nazorat qilib borish zarurligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 2