35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Zarbdor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktab filialining holati o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida ko'chama ko'cha muommolar o'rganildi
Avtomobil yo‘llardagi tirbandliklar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev hamda Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan tuman hududida avtomobil yo‘llaridagi harakat xavfsizligi, yuzaga kelayotgan tirbandliklar hamda yo‘l infratuzilmasining belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganildi.

🔺O‘rganishlar davomida ayrim avtomobil yo‘llarida, ayniqsa aholi gavjum bo‘lgan hududlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari yaqinida transport vositalari harakati zichlashib, tirbandliklar yuzaga kelayotgani kuzatildi. Bunday holatlarning kelib chiqish sabablari, transport vositalarining belgilanmagan joylarda to‘xtashi va avtoturargohlardan foydalanish tartibiga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan piyodalar o‘tish joylarining qonuniyligi va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘rib chiqildi. Piyodalar o‘tish joylarida tegishli yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va boshqa zarur belgilarning mavjudligi, ularning ko‘rinishi hamda harakat ishtirokchilari uchun qulayligi o‘rganildi.

🔺Avtoturargohlardagi harakatlar ham alohida nazoratga olinib, transport vositalarining kirish-chiqishi, belgilangan tartibda joylashtirilishi va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligi masalalariga e’tibor qaratildi. Avtoturargohlardan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3