Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan.
2016-yil 2-sentyabr kuni, 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi, 3-sentyabrda Samarqand shahrida dafn etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 25-yanvar kuni Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar kuni har yili keng nishonlanishi, «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarori imzolangan.