Sessiyamiz ishida Mirobod tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Iqtisodiyot va Moliya bo’limi boshlig’i, shuningdek, mutasaddi rahbarlar va masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida Mirobod tuman sektor rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarorining ijrosi yuzasidan, shuningdek, sektorlarda Mirobod tumani sektorlarida 2024-yilning 4-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, 2024 yilning 4-choragida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar va amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlar eshitib chiqildi.
Shuningdek, 2024-yil 4-chorakda turli sohalarda erishilgan natijalar va 2025 yil uchun rejalarga oid masʼullarning hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi.
Sessiya yakunida kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.