35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Navbatdagi sessiya oldi o‘rganilishi AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Navbatdagi sessiya kun tartibidagi 2-masala — hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, daromadlarini oshirish, ehtiyojmand aholi qatlamlari bilan manzilli ishlash hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish borasida joriy yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 8–Xo‘janqon saylov okrugi deputati Sh. Aminqulov tomonidan Xo‘janqon mahallasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati, yaratilgan imkoniyatlar hamda aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni ko‘zdan kechirildi. Jumladan, fuqaro Saidqulov Shaxruz Samandar o‘g‘li tomonidan yo‘lga qo‘yilgan savdo faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur jarayonda mahalla hokim yordamchisi ham ishtirok etdi.
Savdo shoxobchasida mobil telefonlar, telefon aksessuarlari, quloqchinlar, zaryadlovchi qurilmalar va boshqa elektron mahsulotlar aholiga taklif etilayotgani o‘rganildi. Tadbirkor bilan suhbat davomida uning faoliyatini kengaytirish, savdo sharoitlarini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorning faoliyati davomida uchrayotgan muammo va ehtiyojlari tinglanib, ularni amaldagi tartib va qonunchilik asosida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda ehtiyojmand aholi bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada kun tartibidagi masalani muhokama qilishda deputatlik nuqtayi nazaridan foydalaniladi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildiriladi.

Slide 1 of 2