35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
32-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab kiyimlari topshirildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugidagi 6-son MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
36-maktabda o'rganish olib borildi
янв.21
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Yangikent” mahallasidagi maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
17-BAND IJROSI:Deputat faoliyatida amaliy nazorat

17-BAND IJROSI:Deputat faoliyatida amaliy nazorat
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalani o'rganish hamda deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 17-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M. Kilichov tomonidan Zangiboyi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi jami 18 ta ko‘chadan biri — Beg‘ubor ko‘chasi holati ko‘zdan kechirildi. Ko‘chaboshisi A. Barakayev bilan hududdagi maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalari yuzasidan suhbatlashildi.
Suhbat davomida mavjud holat va muammolar muhokama qilinib, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib ketish hamda ko‘chalarda tozalikni ta’minlash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.