Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

#Nazorat_tahlil
#Deputat_faoliyati

Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat J.Donayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosini manzilli o‘rganish va samarali nazoratni amalga oshirish rejasi doirasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ–386-son “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Zarbdor” mahallasi hududidan o‘tgan R-100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektorni yopiq tizimga o‘tkazish orqali hosil bo‘lgan yer maydonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish yakunida loyihaning amalga oshirilish holati tahlil qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3