Mahallada amalga oshirilayotgan qurilish va infratuzilma ishlari bilan tanishildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 7-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat K.Umirov o‘zi saylangan "Navro‘z" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida "Dilnavo" ko‘chasida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, hududda 10 ta elektr tayanch ustuni o‘rnatilib, 500 metr uzunlikdagi yopiq elektr kabeli tortish ishlari bajarilayotgani bilan tanishildi.
Shuningdek, deputat yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 46-sonli oilaviy shifokor punkti (OShP) qurilish obyektida bo‘lib, yakuniy qurilish ishlari hamda foydalanishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram