#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Deputat_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Qirqovul mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisining bandligini ta’minlash, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni daromadli mehnat bilan qamrab olish masalalari yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|