Navoiy davlat universitetining zamonaviy kampusi binolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shahnoza Azamatovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan grafik-rejaga muvofiq Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Navoiy davlat universitetining 15 gektar maydonda bunyod etilayotgan zamonaviy kampusi binolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida kampus hududida barpo etilayotgan o‘quv va ma’muriy binolardagi qurilish ishlari, bunyodkorlik jarayonlarining borishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Mazkur zamonaviy kampus universitetning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayonini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash hamda yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.