Mahallada yoshlar va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat A.Ergashev hududidagi “Yangikent” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
O‘rganish yakunida mahallada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov