Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev “Oqjar” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar, infratuzilma hamda kundalik hayotda uchrayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Qabul yakunida murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #J_Donayev

Slide 1 of 4