Mahalla faoliyati va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘rganildi
Mahalla faoliyati va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabovlar “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida mahalla hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsadida imtiyozli kreditlar asosida fuqarolarga tikuvchilik mashinalari hamda yuk tashuvchi elektr mototsikllar ajratish jarayonlari o‘rganildi.
Shuningdek, hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar, g‘isht ishlab chiqarish faoliyati jarayonlari ham ko‘zdan kechirilib, mazkur yo‘nalishda yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mahalliy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda ushbu yo‘nalishda yangi tadbirkorlik subyektlarini jalb etish masalalari ham o‘rganildi.