Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” MFY binosida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida:
🔹 mahallada amalga oshirilayotgan ishlar
🔹 mavjud muammolar va ularning yechimi
🔹 aholi murojaatlari muhokama qilindi.
🛣 Xususan, ko‘chalarga asfalt to‘shash ishlarining boshlanish muddati bo‘yicha fuqarolar tomonidan berilgan savol yuzasidan asosli va rasmiy javob olish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.