Deputat so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati I.Qurbonov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.Abdurasulov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili yuzasidan bir qator masalalar ko‘tarildi.
Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularida ijro etish ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish, ta’lim muassasalarini musiqa asboblari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, shuningdek, musiqa fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amaliy to‘garaklar faoliyati samaradorligi hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
Deputat so‘roviga belgilangan tartibda va muddatlarda javob berilishi so‘raldi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#I_Qurbonov